Qashqarda Andijon delegatsiyasi ishtirokida nufuzli biznes forumi
2026-04-29 09:25:00 / Yangiliklar

Xitoyning Qashqar shahrida Andijon viloyati delegatsiyasi ishtirokida nufuzli biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ikki hudud o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Forum doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, zamonaviy maishiy texnika ishlab chiqarish va yangi uy-joy massivlarini barpo etish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayniqsa, Qashqar savdo-sanoat palatasi vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuv bitimlarining imzolanishi forumning eng muhim natijalaridan biri bo‘ldi.
Mazkur forum Andijon va Qashqar o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.



