Andijonda elektr ta’minotida yangi bosqich
2026-04-20 17:15:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish, uning samaradorligini oshirish va aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlaridagi texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda zamonaviy hisob-kitob tizimlarini joriy etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Andijon hududiy filialining markaziy omboriga 10 ming dona zamonaviy elektr energiyasi hisoblagichlari hamda 100 dona konsentrator qurilmalari yetkazib berildi. Ta’kidlanishicha, ushbu uskunalar elektr energiyasi iste’molini aniq va shaffof hisobga olish imkonini berib, inson omilini sezilarli darajada kamaytiradi.
