Qurilish-ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda
2026-04-17 09:25:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani “Yo‘lamatol” mahallasi infratuzilma bilan bog‘liq mavjud muammolar sabab “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan. Hududda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida aniq va manzilli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallaning ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. Umumiy uzunligi 4 kilometrni tashkil etuvchi ichki yo‘llarni asfaltlash uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.




