Andijonda yangi stol tennisi sport zali foydalanishga topshirildi
2026-04-08 10:10:00 / Yangiliklar

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari doirasida yangi sport inshooti — stol tennisi zali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida amalga oshirilib, Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ilgari foydalanilmayotgan binosi zamonaviy stol tennisi zaliga moslashtirildi.
🔺 Yangi sport zalining ochilish marosimi sport bayramiga ulanib ketdi. Aynan shu maskanda stol tennisi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi, "Andijon shahar hokimi olimpiadasi" musobaqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yangi sport zalining ishga tushirilishi stol tennisi sportini yanada rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



