Andijon startaplar va innovatsiyalar markaziga aylanmoqda
2026-03-29 14:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda andijonlik startaplarning umumiy bozor qiymati 102,8 million dollardan oshdi. Ushbu startaplarga jalb qilingan investitsiyalar hajmi esa 13,6 million dollardan ortiqni tashkil etmoqda.
Startaplarga kiritilgan investitsiyalar va ularning bozor qiymati bo‘yicha Andijon viloyati Toshkent shahridan keyin mamlakatda yetakchi hududlardan biriga aylandi.
