Topshiriqlar ijrosi
2026-03-26 14:20:00 / Yangiliklar

Ulug‘nor tumanida “og‘ir mahallalar” ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Ushbu mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlarini yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, ichimlik suvi va elektr ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich bajarilmoqda.


