Yangi korxona foydalanishga topshirildi
2026-03-25 14:15:00 / Yangiliklar

Navro‘z bayrami shodiyonasi davom etayotgan kunlarda Marhamat tumanida yana bir loyiha amalga oshirildi.“Rayyona Textil Group” tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi filial ishga tushirildi.
Mazkur korxonada 50 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi. Bu esa ularning daromad manbaini mustahkamlash va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, bunday loyihalar hududda bandlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega.



