Ochiq muloqot
2026-03-22 14:10:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xo‘jaobod tumanining nuroniylari, mahalla oqsoqollari, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” va “Og‘ir toifadagi mahalla” sifatida tanlab olingan hududlar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuvda viloyat rahbari aholining har bir murojaatiga alohida e’tibor qaratdi. Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muloqot davomida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarni obod va qulay hududlarga aylantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Nuroniylar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar e’tibordan chetda qolmadi — ularning har biri yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish qat’iy nazoratga olingani ta’kidlandi.
Joylarda ana shunday ochiq va samarali muloqotlar izchil davom etmoqda.



