Ochiq muloqot
2026-03-20 14:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shahar va tumanlardagi mahallalarning nuroniylari, oqsoqollari, shuningdek “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” hamda “og‘ir toifadagi mahalla” sifatida tanlab olingan hududlar faollari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.
Bugun ana shunday uchrashuvlardan biri marhamatliklar bilan bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat rahbari aholi bilan ochiq muloqot qilib, ularning har bir murojaatlarini diqqat bilan tingladi va hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqur tahlil qildi.
Muloqot davomida hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholini bugunidan rozi qilish yo‘lidagi loyihalar, dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, mahalla faollari va nuroniylar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda har bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi, muammolarni tizimli hal etish orqali aholi turmush darajasini oshirish, mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.
Shuningdek, mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, har bir sariflanishi ko‘zda tutilayotgan mablag‘lar qat’iy nazoratga olinganligini ta’kidlab o‘tdi.
Joylarda ana shunday ochiq va samarali uchrashuvlar izchil davom etmoqda.


