Milliy qadriyatlar tarannumi
2026-03-19 14:55:00 / Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan talaba yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, tarixiy tafakkur hamda milliy ongni yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Andijon viloyatidagi to‘rtta oliy o‘quv yurti talabalari jamoasi ishtirok etib, o‘zlarining bilim, mahorat va ijodiy salohiyatlarini namoyish etdi.
Ishtirokchilar “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” yo‘nalish bo‘yicha milliy qadriyatlarning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini mahorat bilan namoyish etdilar.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Andijon davlat universitetining “Humo”, uchinchi o‘rin esa Andijon davlat pedagogika institutining “O‘zbegim qizlari” jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


