Yosh volontyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-18 14:50:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB boshlig‘i yo‘l harakati xavfsizligiga hissa qo‘shish maqsadida bo‘lgan yosh volontyorlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘ining viloyatda volontyorlik harakatini amalga oshirish bo‘yicha taqdimoti tinglandi.
Muloqot davomida volontyorlarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, ayniqsa maktablar va ta’lim muassasalari oldida o‘quvchilar hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida yosh volontyorlarga yorituvchi nimchalar, jezl va xushtaklar topshirilib, ulardan to‘g‘ri foydalanish tartibi mutaxassislar tomonidan amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.


