Andijon shahridagi 50-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sevinchxon Haydarova xalqaro IELTS imtihonidan 8,5 ball natijani qo‘lga kiritdi
2026-02-23 13:30:00 / Yangiliklar

Imtihon natijalariga ko‘ra, u Listening (tinglab tushunish) va Reading (o‘qib tushunish) bo‘limlaridan 9 ball, Writing (yozish) hamda Speaking (gapirish) bo‘limlaridan 7,5 ball to‘pladi.
Mazkur natija o‘quvchining izchil mehnati, puxta tayyorgarligi va bilimga bo‘lgan intilishining yorqin namunasi bo‘lib, maktab jamoasi hamda yoshlar uchun katta rag‘bat manbai hisoblanadi.
