Bobur shahrida plogging aksiyasi o‘tkazildi
2026-02-22 10:25:00 / Yangiliklar
Bobur shahrida Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan plogging aksiyasi tashkil etildi. Mazkur aksiyada ko‘ngilli volontyor yoshlar va sardorlar faol ishtirok etib, shahar hududida tozalash ishlarini amalga oshirishdi.

Aksiyada yuzdan ziyod yoshlar qatnashib, chiqindilarni yig‘ish orqali ekologik madaniyatni oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ushbu tashabbus yoshlarning faolligi, jamoaviyligi va tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini yaqqol namoyon etdi.
Bunday aksiyalar orqali yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzi va toza muhitga befarq bo‘lmaslik g‘oyalari yanada mustahkamlanmoqda.



