Al-Xorazmiy maktabida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari tashkil etildi
2026-02-22 09:25:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari, shuningdek, Andijon shahridagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdilar.
Seminar doirasida ishtirokchilarga yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda amal qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar tartibi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, birlamchi o‘t o‘chirish anjomlari, yong‘in haqida xabar berish qurilmalari hamda boshqa zarur jihozlarning ko‘rgazmali namoyishi tashkil etildi.
Qayd etilganidek, bunday o‘quv-seminarlar ta’lim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlar va rahbarlarning bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





