Universal sport majmuasida Andijon PFKning 2026 yilgi mavsum oldidan tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-02-21 13:15:00 / Yangiliklar

Yangi mavsum oldidan katta maqsadlarni ko‘zlagan, tarkibi yangilanib yanada kuchaytirilgan jamoa chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi. “Mavsum–2026” uchun klub tarkibiga 17 nafar yangi futbolchi jalb qilindi. Ular mamlakatimiz yetakchi jamoalari hamda Qozog‘iston, Turkiya va Gruziya chempionatlarida to‘p surib, katta tajriba orttirgan sportchilardir.
Marosim davomida yangi futbolchilarga sport formalari va shaxsiy raqamlari tantanali ravishda topshirildi. Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Muxlislarning sog‘inchi, futbolchilarning ishtiyoqi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi ushbu tadbirga o‘ziga xos ruh va iliq muhit baxsh etdi. Yangi mavsum oldidan jamoada yuqori kayfiyat va ishonch hukm surmoqda.







