Shuhratbek Abdurahmonov Asaka tumanida bo‘lib, kasb-hunar texnikumiga tashrif buyurdi
2026-02-21 12:10:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Asaka tumanidagi kasb-hunar texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilishi rejalashtirilayotgan qayta ta’mirlash ishlari loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida hokim texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan muloqot qildi. Suhbat jarayonida ta’lim sifati, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarning taklif hamda murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.







