Bobur shahrida plogging aksiyasi o‘tkazildi
2026-02-19 10:55:00 / Yangiliklar
Navro‘z bayrami arafasida viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan Bobur shahrida “Tozalik oyligi” e’lon qilindi.

Ana shu ezgu tashabbus doirasida bugun Andijon yoshlari tomonidan plogging aksiyasi tashkil etilib, shahar hududlarida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.









