Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov turkiyalik investorlarni qabul qildi
2026-02-20 12:50:00 / Yangiliklar

Muzokaralarda viloyatning sanoat salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar hamda hududning iqtisodiy imkoniyatlari atroflicha taqdim etildi.
Qayd etilganidek, Andijon tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barqaror, xavfsiz va ishonchli muhitga ega. Viloyatda xorijiy sarmoyalar uchun zarur shart-sharoitlar to‘liq shakllantirilgan bo‘lib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlamoqda.
Uchrashuv yakunida Turkiyalik investorlar bilan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur muloqot kelgusida mustahkam sheriklik va yangi qo‘shma tashabbuslarga zamin yaratishi kutilmoqda.









