O‘zbekiston qishki chempionati yakunlandi
2026-02-04 10:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar, shuningdek, kattalar — erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etilgan qishki chempionat bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jamoalar tarkibida 500 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Chempionat musobaqalarining yakuniy natijalariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa Qashqadaryo viloyati jamoasi sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Toshkent shahri, uchinchi o‘rin esa Navoiy viloyati jamoalariga nasib etdi.
Kattalar o‘rtasida birinchi o‘rinni Samarqand viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Namangan, uchinchi o‘ringa Sirdaryo viloyatlari jamoalari sazovor bo‘ldi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha chempionatning g‘olib va sovrindorlari diplom, tegishli medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.


