Andijon shahrida zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda
2026-02-04 09:15:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, Andijon shahrining Amir Temur shohko‘chasida, temir yo‘l vokzali yonida 24/7 formatda faoliyat yuritadigan yangi zamonaviy ko‘cha barpo etilmoqda. Mazkur loyiha shahar qiyofasini yangilash, aholi hamda mehmonlar uchun qulay, xavfsiz va jozibador muhit yaratishga qaratilgan.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur hududda bo‘lib, olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, viloyat rahbari mas’ullar bilan suhbatlashib, loyihani belgilangan muddatlarda, yuqori sifat talablari asosida amalga oshirish, infratuzilma va servis obyektlarini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.






