“Buloq Hills” dasturi izchil amalga oshirilmoqda
2026-01-30 10:45:00 / Yangiliklar

Mazkur dastur doirasida umumiy qiymati 32 milliard so‘m bo‘lgan 14 ta investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan. Jumladan, zamonaviy talablarga javob beradigan shale uylari, kapsula tipidagi dam olish maskanlari, sun’iy ko‘l, mehmon uylari, ko‘prik, ziplayn, shuningdek, turli xil dam olish va ko‘ngilochar infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda.
Loyihalarni amalga oshirish orqali hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmatlar sohasini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalar mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbaini yaratish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qurilish va tashkil etish ishlari belgilangan me’yoriy talablar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, atrof-muhit muhofazasi, ekologik barqarorlik hamda hududning tabiiy landshaftini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.






