Andijonda 14 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
2026-01-14 12:45:00 / Yangiliklar
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirning badiiy qismi Andijon shahridagi Yoshlar markazi anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tdi.

Unda harbiy xizmatchilarning namunali chiqishlari, shuningdek, san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan madaniy dasturlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bayram tadbiri yurt tinchligi, Vatan himoyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan harbiylar sha’niga bag‘ishlandi.








