Bayramga munosib sovg'a
2026-01-14 10:10:00 / Yangiliklar

Bayram munosabati bilan shahar va tumanlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlarining binolari tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda shahar-tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari, harbiy xizmatchilar, faxriylar, ta’lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tantana davomida so‘zga chiqqanlar yurtimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’kidlab o‘tdilar. Mudofaa ishlari bo‘limlari uchun yaratilgan yangi shart-sharoitlar fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, harbiy hisob va chaqiruv ishlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar va soha xodimlariga bayram tabriklari yo‘llandi.





