Rassomlar festivaliga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
2026-01-09 14:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyat hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari hamda Andijon davlat universitetining ijodkor professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida festivalni Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida tashkil etish, uning asosiy yo‘nalish va konsepsiyasini belgilash, ishtirokchilarni saralash va jalb etish mexanizmlari, nominatsiyalar kesimida baholash mezonlari hamda festivalni tizimli, shaffof va yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda festivalni mazmunan boyitish, uning nufuzini oshirish hamda ijodkorlar uchun samarali maydon sifatida tashkil etish bo‘yicha bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar va istiqbolli rejalar belgilab olindi.







