Andijonlik Akbarjon Sobirjonov jahon chempioni
2025-12-20 21:10:00 / Yangiliklar
Andijonlik Akbarjon Sobirjonov jahon chempioni

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida 2005–2007 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Oltinko‘l tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Akbarjon Sobirjonov munosib ishtirok etib, barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yuqori natija bilan Akbarjon Sobirjonov jahon chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
