Andijonlik o‘quvchi SAT imtihonidan maksimal - 1600 ball to‘pladi
2025-12-23 10:10:00 / Yangiliklar
Andijonlik o‘quvchi SAT imtihonidan maksimal - 1600 ball to‘pladi

Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritdi.
SAT (Scholastic Assessment Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Shuningdek, Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni ham qayd etgan.
