Andijonda “Prezident archasi” yangi yil bayrami tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi
2025-12-27 10:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbir qatnashchilari – bolajonlarni yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi. Mamlakatimizda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, bu borada Andijon viloyatda ham ibratli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.
Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan “Prezident archasi” shodiyonalari unda ishtirok etgan “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda Vatan himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilarning farzandlari qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Bayram tadbirida Qorbobo, Qorqiz hamda turli ertaklar qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar, bolalar musiqa va san’at maktablari, badiiy jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiqlar bolajonlarga quvonch ulashdi.
“Prezident archasi” tantanasida viloyat hokimi bolajonlarga turli o‘yinchoqlar, o‘quv qurollari va shirinliklardan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi.








