Bobur shahriga eltuvchi avtomobil yo‘lida qurilish va ekologik obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
2025-12-10 19:15:00 / Yangiliklar
Bobur shahriga eltuvchi avtomobil yo‘lida qurilish va ekologik obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Yo‘l bo‘ylariga Nandina, Bravo, Pista barg, Lavanda kabi iqlim sharoitiga tez moslashuvchi, ekologik foydasi katta bo‘lgan o‘simliklar va manzarali daraxtlar ekilmoqda. Bu yashil hududlar shamol ko‘taradigan changni tabiiy tarzda ushlab qoladi, shovqinni kamaytiradi, yo‘l atrofidagi mikroiqlimni me’yorlashtiradi va havoning tabiiy filtrlanishini ta’minlaydi. Natijada, har kuni minglab avtomobillar qatnaydigan ushbu yo‘nalishda ekologik barqarorlik sezilarli darajada kuchayadi.
Shuningdek, transport va piyodalar xavfsizligini oshirish maqsadida piyodalar yo‘laklari ham barpo etilib, yo‘l o‘tkazgichning tashqi qiyofasi zamonaviy talablar asosida yangilanmoqda.






