Viloyat hokimi tadbirkorlar va mas’ul tashkilotlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2025-12-12 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida shahar va tuman hokimlarining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamda joylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi loyiha egalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda sohalarda mavjud muammolar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishida uchrayotgan to‘siqlar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddi idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ular ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan muhim taklif va ko‘rsatmalar berildi.





