Bag‘rikenglik – barqaror taraqqiyot omili
2025-12-04 13:20:00 / Yangiliklar

Andijon davlat chet tillari institutida millatlar do‘stligi, madaniyatlar uyg‘unligi va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishlangan xalqaro festival bo‘lib o‘tdi.
“Millatlar hamdo‘stligi va madaniyatlar uyg‘unligi” nomi ostida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining teng huquqlilik asosida yashashi, ta’lim olishi, shaxsiy rivojlanishi, o‘z milliy an’analarini rivojlantirishi uchun keng imkoniyat yaratilgani hamda bu Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgani, bag‘rikenglik tamoyili barcha jabhada ustuvor ekani ta’kidlandi.
Festival doirasida teatr sahna ko‘rinishlari, badiiy va musiqiy chiqishlar, milliy taomlar yarmarkasi, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, fotozona hamda til va madaniyat diplomatiyasiga oid taqdimotlar namoyish etildi.







