Institutda do'stlik festivali
2025-12-03 08:40:00 / Yangiliklar

Andijon davlat texnika institutida do‘stlik va hamjihatlik ruhini tarannum etuvchi “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti”shiori ostida keng qamrovli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir institut jamoasi, talaba-yoshlar va turli millat vakillarini birlashtirgan yirik ma’naviy-ma’rifiy bayram sifatida o‘tkazildi.
Unda yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etib, o‘z millatiga xos an’ana, madaniyat va san’at namunalarini namoyish etdilar. Jumladan, Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Rus, Arman va Koreys milliy madaniyat markazlari rahbarlari hamda markaz a’zolari ishtirok etdilar. Ularning milliy qo‘shiq va raqslari,sahna chiqishlari, milliy liboslari, an’anaviy taomlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirning asosiy maqsadi —O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan totuvlik muhitini yoshlar ongida mustahkamlash, turli millat vaelatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va do‘stlik tamoyillarini yanada keng targ‘ib qilishdir.
Shuningdek, bayram doirasida milliy taomlar ko‘rgazmasi, ijodiy jamoalarning chiqishlari, interaktiv tanlov va ko‘riklar o‘tkazilib, eng faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.





