Dolzarb masalalar yuzasidan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-11-24 13:10:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatidagi dolzarb masalalar yuzasidan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun tartibida:
• kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish;
• sog‘liqni saqlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish. Endokrin kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, sohani raqamlashtirish;
• ta’lim sifatini oshirish, kasbiy ta’limni rivojlantirish, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirish;
• shahar va tumanlarda mevali va manzarali daraxt, noodatiy buta ko‘chatlarini ekish;
• kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga shay holatga keltirish;
• xorijiy investorlarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportyor korxonalarni qo‘llab quvvatlash;
• shahar va tumanlarda zamonaviy infratuzilma yaratish, xususan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy og‘ir mahallalar bilan ishlash kabi bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilishda viloyatda barcha sohalarda qilingan va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar birma-bir muhokama etilib, mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.






