Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi
2025-11-06 15:10:00 / Yangiliklar

Viloyat hamda Andijon shahar hokimligi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali avtostansiyasi bazasida 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha “Yig‘in” shaklida “Saf ko‘rigi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda shahar FVDqT mas’ul xizmatlari tomonidan xizmatlarning qudrati, maxsus va avariya tiklash texnikalari, shaxsiy tarkib, asbob-uskunalar hamda moddiy-texnik zaxiralarning holati atroflicha tahlil qilindi. “Saf ko‘rigi” oldidan mas’ul xizmatlar rahbarlariga mavsumga oid profilaktik tadbirlarga doir yo‘riqnomalar berildi. 21 ta xizmatning har biri alohida ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, tayyorgarlik darajasini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Tadbirda jami 240 nafar shaxsiy tarkib hamda 64 ta xizmat vositalari, maxsus texnikalar qatnashdi. O‘tkazilgan baholashda Andijon shahar FVDqT mas’ul xizmatlarining kuz-qish mavsumiga tayyorlik darajasi – “Tayyor” deb baholandi.
Shu kabi hamkorlikdagi saf ko‘rigi va o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilining 5-19 noyabr kunlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham samarali tashkil etiladi.




