Hokimiyat haqida

Amudaryo tumani to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar
|
Respublika |
Qoraqalpog‘iston |
|
Tuman |
Amudaryo |
|
Markazi |
Mang‘it shahri |
|
Tashkil topgan vaqti |
18.12.1957 y. |
|
Umumiy maydoni, km2 |
1,02 ming km2 |
|
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni |
49 ta |
|
Aholi punktlari |
129 ta |
|
2025-yil 1-yanvar holatidagi |
215,7 |
|
shu jumladan: |
|
|
erkaklar |
109,5 |
|
ayollar |
106,2 |
|
Chegaradosh tumanlar |
Nukus.sh, Qorao‘zak, |
|
Respublika markazigacha bo‘lgan masofa, km |
71,8 km. |
|
|
Amudaryo tumani hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentyabr), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2014-yil 5-may), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (2016-yil 24-fevral), Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (2016-yil 27-aprel), Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori(2016-yil 2-mart)ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hokimlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Hokimiyat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘rnatiladi va o‘zgartiriladi. Amudaryo tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, “Amudaryo tumani hokimligining boshqaruv apparati to‘g‘risida”gi nizomga amal qiladi. Amudaryo tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi. Tuman hokimi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning vakolat muddati – 5 yil.
