Amudaryo tumani hokimi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi
2025-11-02 10:35:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov “Amudaryo yorug‘” oilaviy korxonasiga tashrif buyurib, bu yerda faoliyat yuritayotgan granula ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida polimer granula mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu mahsulotlar mahalliy bozorda talab yuqori bo‘lgan qurilish va ishlab chiqarish sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Tashrif davomida tuman hokimi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Korxona faoliyati bilan tanishuv chog‘ida ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham muhokama qilindi.




