"Gender tenglik faoli" milliy tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi
2025-07-28 13:55:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish hamda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda eng faol hududiy davlat organlari vakillari hamda tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar tomonidan taqdimotlar namoyish qilindi. Faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.




