“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovining tuman bosqichi yakunlandi
2025-09-15 14:45:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumanida xotin-qizlar faollari o‘rtasida “Eng namunali xotin-qizlar faoli” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov xotin-qizlar faollari faoliyatidagi yangicha yondashuvlarni ommalashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va tashabbuskorligini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda barcha xotin-qizlar faollari belgilangan nizom asosida o‘z faoliyatlari bo‘yicha hujjatlar to‘plami va video taqdimot bilan ishtirok etib, o‘z hududlarida amalga oshirgan ezgu ishlarini namoyish qildi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin – "Oq oltin" OFY xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova
2-o‘rin – "Durunki" MFY xotin-qizlar faoli Feruza Allaberganova
3-o‘rin – "Olmazor" MFY xotin-qizlar faoli Dildora Abduraxmonova
Tanlovda faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlar jamiyatdagi faoliyati, tashabbuslari va o‘z hududlaridagi muammolarni hal etishda olib borayotgan izchil ishlari bilan e’tirofga loyiq bo‘ldi.
Ushbu tanlov nafaqat eng namunali faollarni aniqlash, balki xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turmush tarzida farovonlikni ta’minlash yo‘lidagi tashabbuslarini rag‘batlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.




