Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 11-sessiyasi to‘g‘risida axborot
2025-07-24 18:00:00 / Yangiliklar

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi tuman hokimi Sobir Xo‘jametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “Sessiya kotibligiga“12-Do‘rman” saylov okrugidan deputat Kurbangali Beshbayevni tayinlash to‘g‘risidagi taklif deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va muassasalarining xarajatlar smetalariga ajratilgan mablag‘larning maqbullashtirilgan qismini ish haqi va yagona ijtimoiy soliq to‘lovlari bo‘yicha yetishmagan qismiga yo‘naltirish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Yusupov hisobot berdi.
Hisobotda keltirilishicha, tegishli qonun hujjatlari bilan tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining samarasiz shtatlar va xarajatlaridan 2 mlrd. 379,3 mln so‘m mablag‘lar maqbullashtirilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda mahalliy budjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtiriladigan majburiy to‘lovlarni, shuningdek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarida belgilangan choralarni moliyalashtirishni ta’minlash rejalashtirilgan.
Sessiya majlisi kun tartibidagi navbatdagi masala tuman prokuraturasining qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi faoliyati yuzasidan tuman prokurori Bahram Masharipov hisobot berdi.
Hisobotda tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning birinchi yarmida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritildi.
Xususan, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 200 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar o‘tkazilgan. Davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori doirasida tuman hududida jami 192 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Amalga oshirilgan samarali profilaktika tadbirlari natijasida tuman hududida umumiy jonoyatchilik 15 foizga, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar keskin kamaygan.
Kun tartibidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tog‘risidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Muhammetali Xojamuratov hisobot berdi.
Hisobotda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman darajasidagi va har bir mahalla bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yo‘l - xaritalari ishlab chiqilib, mahalla yettiligi, tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilgan. Bunda asosiy e’tibor ishsiz, shuningdek jinoyat sodir etishga moyil hamda jinoyat qurboni bo‘lishi mumkin bulgan fuqarolar bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Sessiya kun tartibida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani bo‘limi boshlig‘i Alisher Yuldashevning hisoboti tinglandi.
O‘tgan yarim yil davomida mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi tomonidan 49 ta mahallaning aholi bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» vazifasini amalga oshiruvchi erkin va xalqchil strukturaga aylanishiga ko‘maklashish, mahalla yettiligining faoliyatini natijali tashkil etishda sezilarli darajadagi ishlar amalga oshirilgan.
Fuqarolar yig‘ini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 29 mln so‘mlik 6 ta kompyuter texnikasi, 20 mln so‘mlik 7 ta printer, 154 mln so‘mlik 31 ta konditsioner berilgan, 16 ta mahallaga 29 ta 335 mln so‘mlik kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, barcha mahallalar binolarining kadastr hujjatlari ishlanib, buning uchun 93 mln so‘m sarflangan. Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun jami 395 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami 1 mlrd 129 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.
Sessiya mobaynida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Mansur Sadikovning joriy yilning olti oyi yakuni bo‘yicha ish faoliyati xususida hisoboti tinglandi.
Unga ko‘ra bo‘limga 89 ta ariza va shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 88 tasi ariza va 1 tasi shikoyatni tashkil qiladi. Murojaatlarning barchasi ijobiy hal qilinib, ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan. Bo‘lim xodimlari tomonidan joriy davr mobaynida bevosita shaxsiy qabulda 19 nafar fuqarolar qabul qilingan, sudlarga 8 nafar fuqaroning manfaatida arizalar kiritilib, shundan 5 tasi qanoatlantirilgan. Qolgan da’vo arizalar ko‘rib chiqish jarayonida.
Sessiya kun taribidagi tuman hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisi Ma’murjon Tadjiboyev hisobot berdi.
Hokimlikka 2025-yilning o‘tgan 6 oyida 16 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 36 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 24 ta qarorlari asosida tayyorlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jami 76 ta normativ tusdagi hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, ushbu hujjatlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining 43 ta qarori qabul qilingan. Qolgan 33 ta hujjatga tuman miqyosida vazifa va topshiriq belgilanmaganligi sababli ma’lumot uchun qabul qilingan.
“edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo egona elektron tizimi orqali 2025-yilning bugungi kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jami 34 ta hujjati (6 ta Prezident Farmoni, 18 ta qarori hamda 10 ta Prezident huzurida o‘tkazilgan majlis bayonlari) kelib tushib, ushbu hujjatlar ijrosi bo‘yicha 34 ta nazorat rejalari ishlab chiqilib tasdiqlangan hamda ijroga qaratilgan.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Amudaryo tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori o‘rinbosari Nurbek Abdullayev hisobot berdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 11- sessiyasi o‘z ishini yakunladi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.









