FUQAROLAR MUROJAATLARI SAYYOR QABULDA TINGLANDI
2026-11-19 17:25:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining örinbosari, adliya katta maslahatçisi N.B. Djolamanov iştirokida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul ötkazildi.
Qabul davomida asosan agrar va qişloq xöjaligi sohasiga oid masalalar körib çiqildi. Xususan, fuqarolar tomonidan çorvaçilik faoliyatini rivojlantiriş uçun kredit mablağlari ajratiş, qişloq xöjaligi ekin maydonlariga suv yetkazib berişdagi muammolarni bartaraf etiş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantiriş maqsadida kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişda amaliy yordam körsatiş kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Sayyor qabulda har bir murojaat atrofliça tinglanib, ularni qonuniy hal etiş, mavjud muammolarni bartaraf qiliş hamda fuqarolarga amaliy yordam körsatiş yuzasidan tegişli mas’ullarga zarur körsatma va topşiriqlar berildi.









