Amudaryo tumani IIB boşliği polkovnik Maxsud Şerimbetovning tuman aholisiga murojaati
2026-11-11 19:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli tumanimiz ahli! Mamlakatimiz hududida tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qiliş — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Hurmatli tumandoşlar!
Prezidentimizning 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qarori bilan “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hujjat qabul qilinib, mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta’minlaşning normativ-huquqiy, taşkiliy va profilaktik asoslari mustahkamlandi.
Amudaryo tumanida ham kiberxavfsizlikni ta’minlaş doirasida keng qamrovli tarğibot-taşviqot işlari, davra suhbatlari va profilaktik uçraşuvlar ötkaziş böyiça çora-tadbirlar belgilangan bölib, amaliy işlar boşlab yuborildi.
Uşbu tadbirlarning asosiy maqsadi fuqarolarning kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning raqamli muhitdagi xatti-harakatlarini huquqiy ong asosida şakllantirişdan iborat.
Hurmatli fuqarolar,
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanişi bilan birga, kiberjinoyatlar ham jiddiy ijtimoiy xavf tuğdirayotgan hodisaga aylandi. Bu jinoyatlar nafaqat şaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy manfaatlarga, balki jamiyatdagi işonç va adolat tamoyillariga ham tahdid solmoqda.
Şu yilning özida tumanda 306 ta kiberjinoyatlar qayd etilgan. Uşbu raqamlar har birimizdan huşyorlik, mas’uliyat va huquqiy savodxonlikni oşirişni talab qiladi.
Şu bois, har bir fuqaro özini va yaqinlarini kiberfiribgarlik va raqamli tahdidlardan himoya qila olişi uçun quyidagi asosiy tavsiyalarni yodda tutişi zarur:
1. Kuçli parollardan foydalaning.
Har bir akkaunt uçun alohida, murakkab va taxmin qiliş muşkul bölgan parollar tanlang.
Oddiy “123456”, “qwyerty” kabi parollardan saqlaning hamda ikki bosqiçli autentifikatsiyani yoqing.
2. Şaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling.
Pasport, bank kartasi va telefon raqamlaringizni notaniş şaxslarga oşkor qilmang. Ijtimoiy tarmoqlarda ortiqça ma’lumot joylaştirmang.
3. Firibgarlik xabarlariga işonmang.
“Sovrin yutdingiz”, “MIBdan qarzdorlik” yoki “Hisobingiz bloklandi” kabi şubhali xabarlar orqali sizning ma’lumotlaringizni öğirlaşga urinişlar bölişi mumkin — ularga javob yozmang, havolalarni oçmang.
4. Qurilmalaringizni muntazam yangilang. Antivirus dasturlarini örnatib, operasion tizim va brauzerlarni doimo yangilab boring.
5. Internet va Wi-Fi xavfsizligiga e’tibor bering.
Oçiq Wi-Fi tarmoqlarida şaxsiy ma’lumot kiritmang, routeringizga mustahkam parol qöying.
6. Onlayn xaridlarda ehtiyotkor böling. Faqat işonçli saytlarda xarid qiling, bank kartangiz ma’lumotlarini heç kim bilan ulaşmang.
7. Farzandlaringizni ogohlantiring. Bolalarga internetdagi xavflarni tuşuntiring, ular uçun xavfsiz rejimlarni yoqing va nazorat dasturlaridan foydalaning.
8. Şubhali holatlar haqida darhol xabar bering.
9.Ikki bosqiçli autentifikatsiyani (2FA)yoqiş-Hisoblaringiz xavfsizligini oşiradi.
10.APK qöriqçi ilovsiga ulaning.
11.Qonunlarga rioya qiliş-Axborot texnologiyalari sohasidagi milliy qonunçilik va içki xavfsizlik qoidalariga amal qileng.
Agar kiberfiribgarlik yoki huquqbuzarlik holatiga duç kelsangiz, darhol 102 – Içki işlar bölimi navbatçi qismiga murojaat qiling.
“Kiber madaniyatni oşiriş” doirasida özimizdan, oilamizdan va atrofimizdan boşlab, raqamli madaniyatni oşirişga hissa qöşaylik.
Birgalikda xavfsiz, adolatli va raqamli madaniyatli jamiyatni barpo etamiz!
