Amudaryo tumani prokurori Ravshanbek Bauaddinovning tuman aholisiga murojaati
2026-09-30 14:30:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
“Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini hamda qilmish uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida viktimologik profilaktika bilan shug‘ullanishning yangi tizimi yaratildi. Joylarda profilaktik tadbirlar tizimli ravishda tashkil etilib, amalga oshirilayotgan ishlar samarali natijalarga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida hududda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, firibgarlik jinoyatlari soni ortgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur turdagi jinoyatlarning ko‘payishiga aholining ishonuvchanligi, huquqiy ong darajasining yetarli emasligi, halol mehnatsiz daromad olish istagi, javobgarlik va jazo xavfini yetarli darajada his qilmaslik, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarning yetarli emasligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, Sizlardan firibgarlarga aldanib qolmaslik, firibgarlikning oldini olishda faol ishtirok etish hamda quyidagi tavsiyalarga qat’iy rioya qilishingizni so‘rayman:
-
notanish shaxslarga ishonmaslik;
-
ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa o‘rnatgan har qanday shaxsning shaxsini tekshirish;
-
bank ma’lumotlarini, jumladan, PIN-kod, SMS-kod, parol va boshqa maxfiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik;
-
shoshilib qaror qabul qilmaslik;
-
SMS, Telegram va boshqa manbalar orqali yuborilgan shubhali havolalarni ochmaslik;
-
onlayn savdo jarayonlarida o‘ta ehtiyotkor bo‘lish;
-
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, xususan, pasport, bank karta va akkaunt ma’lumotlarini ochiq manbalarda e’lon qilmaslik hamda begona shaxslarga bermaslik;
-
yaqinlaringizni, ayniqsa, keksa ota-onalar, voyaga yetmagan farzandlar, qarindoshlar hamda internetdan kam foydalanadigan fuqarolarni firibgarlikning turli usullari haqida ogohlantirish;
-
shubhali holatlarga duch kelganda darhol tegishli choralarni ko‘rish.
Agar pul mablag‘lari firibgarlar hisobiga o‘tkazib yuborilgan yoki bank karta ma’lumotlari begona shaxslarga berib qo‘yilgan bo‘lsa, zudlik bilan xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga murojaat qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilish lozim.
Barchangizni hushyor va ogoh bo‘lishga, firibgarlik holatlarining oldini olishda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Zero, “Ishonchdan oldin — tekshiruv, puldan oldin — ehtiyot!”
