Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
2026-09-16 16:00:00 / Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Djumamuratov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar “Yuqori qishloq” va “O‘zbekiston” mahallalarida bo‘lib, 49-son Prezident qarori asosida og‘ir mahallalarni rivojlantirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tumanda 7 ta og‘ir mahallalarni yaxshilash dasturi doirasida 21 obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari uchun jami 21 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirga qadar 3 ta obyekt foydalanishga topshirilgan, 18 tasida ishlar davom etmoqda.
Yaratilgan infratuzilma imkoniyatlari hisobiga 136 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytirish, 82 ta yangi tadbirkorlik subyektini tashkil etish va jami 369 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.





