“Ma’rifat karvoni” o‘quv-seminari tashkil etildi
2026-09-17 15:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida sentyabr-noyabr oylarida respublikamiz bo‘ylab “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” g‘oyasi ostida “Ma’rifat karvoni” o‘quv-seminarlarini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan Amudaryo tumanida ham “Ma’rifat karvoni” o‘quv-seminari yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tuman hokimi o'rinbosari Jasur Yaxshimov, respublika targ'ibot guruhi a'zolari, nuroniylar, umumta'lim maktablari direktor o'rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda jamiyat hayotidagi muhim jarayonlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. Bunday ma’rifiy tadbirlar jamiyatda yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.









