Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametovning tuman hokimligida fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-09-15 12:30:00 / Yangiliklar

Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar, korxona va muassasalar mas’ullari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Xususan, bandlikni ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joylarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, ijtimoiy ko‘mak va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat hokim tomonidan batafsil o‘rganilib, masalalarni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — yechim izlanishida!









