“BIZ BIRGAMIZ!” — bayram oldidan ezgu va savobli tashabbus
2026-08-14 12:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan joriy yilning 11-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda amudaryolik tadbirkor Dildora Xaytbaeva bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” shiori ostida 7–16 yoshdagi bolalar o‘rtasida rasmlar chizish tanlovi hamda sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir bayram oldidan bolajonlarga quvonch ulashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan xayrli va savobli tashabbus sifatida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Bolajonlarning quvonchi, samimiy tabassumi va faol ishtiroki bayramoldi tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.









