Amudaryo tuman prokurori B.Masharipovning tuman aholisiga murojaati!
2026-08-03 17:40:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
Hududda joriy yilning 7 oyida jinoyatlar ko‘rsatkichi sezilarli, shu jumladan oila turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar keskin oshganini ko‘rsatmoqda.
Hududda ushbu toifa jinoyatlarning oldini olishda davlat organlari, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorlikda manzilli ishlar tashkil etilmoqda, bunda notinch oilalar, oilaviy va qo‘shnichilik nizolar mavjud oilalar ro‘yxatlari shakllantirildi, ularning muammolari o‘rganilib, hal etish choralari tizimli hal etish amalga oshirilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda tarbiya, nazorat va qonunga hurmat kabi hissiyotni singdirmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, oilaviy tarbiyaning yetishmovchiligi, ota-ona nazorati sustligi, oilada yuzaga kelgan nosog‘lom muhit, odob-ahloq qoidalariga rioya etmaslik, ko‘cha muhitidagi salbiy odatlar, spirtli ichimlik ta’siri, o‘zini-o‘zi ko‘rsatish yoki boshqalardan ustun qo‘yishi istagi kabi omillar mazkur toifadagi jinoyatlarga yo‘l ochib bermoqda.
Qadrli yurtdoshlar !
- jamiyatda havfsiz muhitni ta’minlash ishlariga
barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshish;
- huquqiy ong va madaniyatni oshirish, bunda oila a’zolari o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish, oilaviy zuravonlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida muntazam targ‘ib qilish;
-oilaviy nizolarni erta aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish;
-psixologik yordam xizmatlarini rivojlantirish;
-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, bandlik chorasini ko‘rish va kam ta’minlangan oilalarni ijtiomiy qo‘llab-quvvatlash;
-zararli odatlarning oldini olish, alkogol va giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbirlarni kuchayttirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila psixologiyasi, nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash, oilaviy zo‘ravonlik, har qanday oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyat uchun tezkor choralar ko‘rish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va aybdorlarni qonun doirasida javobgarlikka tortish orqali jazo muqarrarligini ta’minlash lozim.
Zero, tinch oila – barqaror jamiyatning asosi. Har birimiz oilada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va qonunga hurmatni qaror toptirsak, jinoyatchilikka o‘rin qolmaydi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
