Amudaryo tumani prokurori B.Masharipov tomonidan «Xitoy» OFY hududida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-25 14:35:00 / Yangiliklar

Ushbu sayyor qabulda fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi.
Asosan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, mehnat va ijtimoiy masalalar, shuningdek, turmush sharoitini yaxshilashga oid murojaatlar bildirildi.
Qabul davomida bildirilgan har bir masalaga alohida yondoshilgan holda, murojaatlarning talluqliliga ko‘ra mas’ul tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berilib, huquqiy maslahatlar ham berildi.



