“Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati o‘rganildi
2026-07-06 09:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF–240-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi hamda hududlarda tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi rahbari D. Ermatov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i M. Axmedova Amudaryo tumanida bo‘ldi.
Tashrif davomida tumandagi “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishilib, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, maskan faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.





