Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tiborda
2026-06-29 16:15:00 / Yangiliklar

Bugun Amudaryo tumani hokimining birinchi o'rinbosari Fahriddin Yusupov tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yer masalalari hamda ijtimoiy yo'nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha ko'rib chiqildi.
Joyida hal etilishi mumkin bo'lgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish bo'yicha mas'ullarga vazifalar yuklatildi.



