Fuqarolar murojaatlari – e’tibor va amaliy yechimlar markazida
2026-06-19 11:50:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hokimligida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi, senator, 10-Paxtakor saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Zumrad Bekatova, tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sobir Xo‘jametov, shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i Alisher Yo‘ldashev ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilma, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul yakunida murojaatlarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📌 Fuqarolar bilan muloqot, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish — xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi eng muhim vazifalardan biridir.








